Izlash

Kengaytirilgan qidiruv

 

 
 

 
 
 
Portal haqida

Aholining huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos belgisidir. Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari har bir fuqaroga davlat boshqaruvida ishtirok etishning deyarli barcha bosqichlarida qatnashish imkonini yaratib bera oladi, huquq ijodkorligi ham shular jumlasidandir.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlat boshqaruvini demoklashtirish va fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular qatorida “Elektron hukumat” tizimini yaratishga alohida e’tibor berildi. Xususan, aholining interaktiv davlat hizmatlaridan foydalanish imkonoyatini yaratish uchun 2013-yil 1-iyulda Yagona davlat interaktiv hizmatlari portali (www.my.gov.uz) ishga tushirildi, 2015-yil 17-martdan esa O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) foydalanishga topshirildi. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini alohida portal ko‘rinishida ishga tushirish edi, mazkur tizim
2015-yil 1-yanvardan ishga tushgan bo‘lib dastlab Yagona davlat interaktiv hizmatlari portalining alohida bo‘limida aholi e’tiboriga havola etildi.

O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 328-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimining birinchi talqinidir.
Portalning maqsadi:

  • muammoni, uni tartibga solishning maqsadi va mavjud echimini tahlil qilish orqali normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan (vujudga kelgan) ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash;
  • ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korruptsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan qoidalarni aniqlash;
  • tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi qoidalarni aniqlash

Portalda davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatiga aloqador qonun hujjatlarining loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar joylashtirilib, ro‘yhatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar mazkur hujjalar borasida o‘z takliflarini berish imkoniyati yaratilgan. Keltirilgan takliflar qonun hujjati loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirgan davlat organ tomonidan o‘rganib chiqilib qabul qilinadi yoki asoslantirilgan rad javobi beriladi.
Foydalanuvchilar joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlar borasida nafaqat moddama-modda o‘z takliflarini bildirishlari balki, mazkur hujjatlar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib mahsus so‘rovnomani to‘ldirishlari ham mumkin. So‘rovnoma Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini va mazkur Portalni yanada rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Portal haqida
Izlash

Kengaytirilgan qidiruv

 

 
 

 
 
 

SOAP-ERROR: Parsing WSDL: Couldn't load from 'http://official2.gov.uz/soap/api' : failed to load external entity "http://official2.gov.uz/soap/api"